Mentorlar uchunOʻquvchiman →
Telegram, Zoom va daftar oʻrniga — bitta xona
Dars video xonada, mashq doskaning oʻzida, uy vazifasi botda, davomat va toʻlov daftarda. Oʻquvchi telefondan kiradi — hech kimga hech narsa oʻrnatish shart emas.
Bepul tarif · 50 kredit sovgʻa · karta kerak emas
Doskadagi mashq: siz ustiga yozasiz, oʻquvchi shu yerda javob beradi, ball shu zahoti koʻrinadi
Mashqlarni kitobdan AI ajratib beradi
Darslik betini koʻrsating — AI undagi mashqlarni interaktiv qiladi, rasmli mashqning rasmini oʻzi kesib qoʻyadi. Siz javoblarni tekshirasiz va darsga biriktirasiz. Bet uchun 3 kredit.
Davomat va pul — oʻzi yuriladi
Xonaga kirgan oʻquvchi davomatda oʻzi belgilanadi. Oylik toʻlov muddati kelsa, qarzdor belgilanadi va bot eslatma yuboradi — siz hech kimga yozmaysiz. Kim qancha toʻlagani daftarda.
Uy vazifasi — darsdan keyin botda
Dars tugashi bilan bot sizdan vazifani soʻraydi. Siz yozasiz — u oʻquvchilarga tarqatadi. Oʻquvchi telefondan yechadi, natija sizga keladi. Tekshirish — bir necha daqiqa.
Yana nimalar bor
- 01KuratorlarYordamchingizga davomat, vazifa tekshirish yoki chatni topshiring — qaysi ruxsatni berishni oʻzingiz hal qilasiz.
- 02Yopiq va ochiq guruhlarHavola bilan yopiq guruh — faqat sizning oʻquvchilaringiz; yoki platformada eʼlon qilinadigan ochiq kurs.
- 03Uch tilSayt ham, bot ham oʻzbek, rus va ingliz tilida — har oʻquvchi oʻz tilida koʻradi.
- 04Chet eldagi oʻquvchilarDars vaqti har kimga oʻz soatida koʻrinadi, bot ham shunday eslatadi — soat farqi bilan ovora boʻlmaysiz.
Birinchi darsni bugun oʻtkazing
Roʻyxatdan oʻting, guruh oching, oʻquvchilarga havola yuboring. Anketangiz tekshirilgach, katalogda ham chiqasiz.